Chart standing · US
Screenshots
About
Yangi uylar — Toshkent shahri hududidagi turar joy majmualari va qurilish loyihalari haqida batafsil ma’lumot olishga yordam beruvchi qulay ilova. Ilova orqali: • loyihalarni tumanlar kesimida ko‘rish; • obyekt, loyiha yoki quruvchi nomi bo‘yicha qidirish; • loyihalarning huquqiy va qurilish holatini tekshirish; • mavjud hujjatlar bilan tanishish va ularni yuklab olish; • muhandislik tarmoqlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish; • qurilish jarayoni va yangilanishlarini kuzatish; • topshirish muddati, xonadonlar soni va loyiha turi haqida ma’lumot olish; • obyektlarni interaktiv xaritada topish; • qiziqtirgan loyihalarni saqlanganlar ro‘yxatiga qo‘shish mumkin. Qulay filtrlar yordamida loyihalarni muammo darajasi, qurilish holati, qurilish bosqichi va topshirish muddati bo‘yicha saralang. Yangi uylar — turar joy loyihalari haqida kerakli ma’lumotlarni bir joyda ko‘rishning sodda va ishonchli usuli.
Details